Foto: Dubayda hayot o‘z iziga qaytmoqda
Ramazon oyi munosabati bilan BAAda karantin cheklovlari yengillashtirilgan va komendantlik soati ham biroz qisqartirilgandi. Xususan, mamlakatning eng mashhur shahri Dubayda 26 martdan buyon komendantlik soati 24 soat davomida amal qilgan va Ramazon munosabati bilan bu cheklov yumshatilgandi.
Bir oy davomida jiddiy nazoratdagi karantinda bo‘lgan dubayliklar asta sekin oddiy hayot tarziga qaytishmoqda. Shaharda savdo markazlari, restoranlar qisman ochilgan. Tvitter foydalanuvchilari bir oylik karantindan so‘ng Dubayda hayot o‘z iziga qaytayotganini yozib, suratlar joylashdi.
«Dubayda hayot qaytmoqda. Odamlar ko‘chalarda sayr qilyapti, uzoq vaqtdan so‘ng yana totli taomlar yeyishimiz mumkin. Ramazonning sharofati», deb yozgan Muhammad Ali Harisi ismli foydalanuvchi. U postiga bir nechta suratlarni ilova qilgan.
Shaharda 25 apreldan boshlab savdo majmualari, restoran, kafe va biznes markazlar faoliyati tiklandi.
Binolar 12:00dan 22:00gacha ochiq bo‘ladi va ular 30 foiz quvvatda ishlaydi. Ya'ni, binolarda odamlarning soni keskin oshib ketmasligi nazorat qilinadi. Do‘konlarda odam ko‘paymasligi uchun turli aksiya va chegirmalar uyushtirishga ruxsat berilmaydi.
26 apreldan Dubayda jamoat transporti, jumladan, metro faoliyati tiklanishi kutilmoqda. Metroning faqat bitta yo‘nalishi 07:00dan 19:00gacha ishlaydi. Masjidlar, kinoteatrlar va o‘yin maydonchalari hozircha yopiq bo‘ladi. 26 martdan Dubayda 24 soatlik komendantlik soati joriy qilingandi. Ramazon vaqtida esa Dubay amirligida 06:00dan 22:00gacha komendantlik soati bekor qilindi.
Karantindan so‘ng Dubay osmoni to‘lib ketishi haqida hazil ham qilishmoqda.
After Lock down Dubai will be 😂 #CoronaLockdown #Dubai pic.twitter.com/AcRjW3GwyG
— ŤhË ČapŘicorÑ (@lucky_kith) April 21, 2020
Mavzuga oid
22:09 / 21.11.2024
Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
19:25 / 28.10.2024
Foto: Dubay shahzodasi Navoiyda lochin bilan tuvaloq ovladi
15:31 / 26.10.2024
Dubayda dunyodagi eng ingichka osmono‘par bino qurilmoqda
18:41 / 27.09.2024