Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi Koreyadan insonparvarlik yordami jalb qildi
Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash, shuningdek, uning mamlakatda tarqalishining oldini olishga qaratilgan xalqaro hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasi Koreya Respublikasidan insonparvarlik yordamini jalb qildi.
Umumiy og‘irligi 34 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, Janubiy Koreyaning «Evergreen Motors», «Hanshin E&C», «Shindong Resources», «BOMI E&C», «GM Korea», GM, «UNICO Logistics», «Chung Hospital», «Myung Sung Placon», «Suwan TPL», «Union Korea Pharm», «Century», «Infinity Co., Ltd.», «LH», «Hyundai Engineering» kabi kompaniyalari va Shinxan universiteti ko‘magida shakllantirildi.
«Dunyo» AA xabariga ko‘ra, Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ajratilgan 250 ming dollar miqdoridagi mablag‘ evaziga «PCL Inc.» kompaniyasining 20 ming dona PsR diagnostika test tizimlari xarid qilindi.
Qiymati 900 ming dollarga yaqin 6,2 tonna og‘irlikdagi yuqori texnologik tibbiy uskunalar, avtomat mexanizmli tibbiy karavotlar va PsR diagnostika test tizimlari “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining maxsus samolyotida mamlakatga jo‘natildi.
Umumiy og‘irligi 27,6 tonnadan ortiq bo‘lgan gumanitar yukning qolgan qismi navbatdagi yuk charter reysi bilan respublikaga yetkazilishi aytilgan.
Koryo universiteti professori Yun Sing Ju ham kasallikka qarshi kurashda xalqaro ekspert sifatida ushbu reys bilan Toshkentga keladi.
Koreya Respublikasining yordam yuki Toshkentga 26 aprel kuni kechki payt yetib kelgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi
10:29 / 24.03.2025