Sport | 21:33 / 28.04.2020
8872
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya chempionati muddatdan oldin yakunlangani e'lon qilindi

Fransiya bosh vaziri Eduard Filipp futbol bo‘yicha mamlakat chempionati 2019/2020 yilgi mavsum o‘yinlari koronavirus pandemiyasi sababli davom ettirilmasligini e'lon qildi. Bu haqda L'Équipe xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

«Mamlakatdagi koronavirus pandemiyasi vaziyati sababli Fransiya hududida yirik turnirlar sentabr oyiga qadar o‘tkazilmaydi. Shu jumladan, Fransiya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumi ham davom ettirilmaydi», - deya bosh vazirning so‘zlarini keltiradi manba.

Oldinroq pandemiya sababli barcha milliy birinchiliklar va yevrokuboklar noma'lum muddatgacha to‘xtatib qo‘yilgan edi. Yevropa chempionati esa 2021 yilga qoldirilgandi.

Ma'lumot uchun, Fransiya chempionati joriy mavsumi 28-turidan keyin «PSJ» klubi 68 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, «Marsel» (56) va «Renn» (50) klublari kuchli uchlikdan joy olgandi

Mavzuga oid