Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriya Afrikada birinchi bo‘lib karantin choralarini yumshatadi
Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy karantin choralari yumshatilishiga sabab pandemiyani to‘xtatish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning samarali bo‘lganligi bilan izohladi.
Koronavirus pandemiyasi sababli Nigeriyaning yirik shaharlarida 30 martdan joriy etilgan karantin choralari 4 maydan yumshatiladi. Bu haqda The Nation gazetasi xabar berdi.
Mamlakatda karantin o‘rniga soat 20:00dan 06:00gacha komendantlik soati joriy etiladi. Tibbiy niqob taqish, yig‘ilishlar o‘tkazmaslik talablari saqlanib qoladi, aholini koronavirusga testdan o‘tkazish kengaytiriladi.
"Poytaxt okrugi, Lagos va Ogun shtatlarida cheklov choralarini bosqichma-bosqich yengillatish ma'qullandi", - dedi Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy xalqqa telemurojaatida.
Bu hududlarda aholi harakatlanishi cheklangan va uydan faqatgina oziq-ovqat do‘koni yoki dorixonaga chiqishga ruxsat etilgandi. Dushanbadan bu cheklovlar bekor qilinadi.
Nigeriya rahbari karantin choralari yumshatilishiga sabab pandemiyani to‘xtatish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning samarali bo‘lganligi bilan izohladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Nigeriyada koronavirusga chalinganlar soni 1337 kishi bo‘lib, 40 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025