O‘zbekiston | 17:29 / 29.04.2020
61981
1 daqiqa o‘qiladi

30 iyungacha aviachiptalar sotish to‘xtatilgan – Uzbekistan Airways

O‘zbekiston 30 iyungacha xalqaro aviaqatnovlarni amalga oshirmaydi. Kun.uz manbasi xabar berishicha, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida qabul qilingan qaror muddati uzaytirilgan.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot kotibi Habibullo Nabiyevning Kun.uz saytiga ma'lum qilishicha, Covid-19 kasalligi tarqalishining oldini olish doirasida xorijga aviaqatnovlar 2020 yilning 30 iyuniga qadar tiklanmasligi mumkin.

Parvozlar qachon tiklanishi aniq emasligi bois 30 iyunga qadar aviachiptalar sotish to‘xtatiladi. Qatnovlarni tiklash masalasi dunyodagi vaziyatga ko‘ra qayta ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston mart oyining ikkinchi yarmidan qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich to‘xtatgan edi. 30 mart kunidan O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay to‘xtatildi.

Respublikadagi aeroportlar ish faoliyati va aviaparvozlarning qayta tiklanishi yoki cheklov choralari uzaytirilishi respublika maxsus komissiyasi tomonidan e'lon qilinadi.

Mavzuga oid