Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning yirik shaharlaridagi maktablarda o‘qishlar tiklanyapti
Xitoyning yirik shaharlaridagi yuqori sinf o‘quvchilari koronavirus tarqalishi avj olishi to‘xtaganidan keyin maktabga qaytishni boshladi. Shanxay Xitoydagi universitetlarning kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan bitiruvchi sinf o‘quvchilariga o‘qishga qaytishga ruxsat berdi.

Foto: Reuters
Xitoyning boshqa qismlaridagi maktablar esa bir necha hafta avval ochildi. Koronavirus tarqalishi boshlangan Uhan shahrida esa yuqori sinf o‘quvchilari o‘qiydigan maktablar 6 may kuni ochiladi.
Mamlakatda kasallik tarqalishi sezilarli darajada nazoratga olingani aytilmoqda. Pekinning ma'lum qilishicha, Uhanda koronavirus bilan zararlangan barcha bemorlar tuzalib, kasalxonadan chiqqan.
Shunga qaramay, infeksiyaning ehtimoliy ikkinchi to‘lqini borasida xavotirlar mavjud. Shuning uchun ijtimoiy masofalanish choralari ko‘rilmoqda, o‘quvchilar niqob taqishmoqda, bir-biridan muayyan masofa saqlagan holda o‘tirishmoqda.
Xanchjouda maktab direktori o‘quvchilar hayotini xavf ostiga qo‘ymaslikka harakat qilgan:
Yanszen boshlang‘ich maktabida o‘quvchilar masofa saqlashni unutmasliklari uchun maktabga maxsus bosh kiyimlarida kelishdi. Bunday bosh kiyimlar mustaqil ravishda qo‘lda yasalgan. Direktor ushbu tashabbus pandemiya sharoitida o‘quvchilarni ijtimoiy masofalanishga odatlanishlariga yordam berishini ma'lum qildi.
Dushanba kuni Pekinda ayrim o‘quvchilarni maxsus kiyimdagi kishilar kutib olishdi. Ta'lim vazirligi maktab darvozasi oldida poytaxtga qaytayotgan o‘quvchilarning haroratlari o‘lchanishini ma'lum qildi. Bundan tashqari, ular xavf mavjudligini baholaydigan ilovada “yashil rang” mavjudligini ko‘rsatishlari kerak. Xitoyda hali ham ayrim qat'iy choralar bor, jumladan, shaharga kelganlar ikki hafta davomida karantinda bo‘lishadi.
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi

17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT

13:15 / 26.05.2025