Sport | 22:49 / 30.04.2020
9088
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya chempionati muddatidan oldin yakunlandi, «PSJ» chempion deb e'lon qilindi

Fransiya Professional Futbol Ligasi (LFP) 30 aprel kuni koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan mavsumning taqdiriga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Foto: AFP

LFP direktorlar kengashi hukumat tavsiyasiga ko‘ra, Liga 1 va Liga 2 musobaqalaridagi 2019/20 mavsumini muddatidan oldin yakunlanishini yoqlab ovoz berishdi.

«PSJ» klubi rasman chempion deb e'lon qilindi. Chempionat to‘xtatilgan vaqtda klub ikkinchi o‘rinda borayotgan «Marsel»dan 12 ochko oldinda edi. Bu parijliklarning tarixdagi to‘qqizinchi chempionlik unvoni bo‘ldi.

«Amen» va «Tuluza» klublari quyi ligaga (Liga 2) tushib ketishdi. «Loryan» va «Lans» klublari yuqori ligaga (Liga 1) yo‘l olishdi.

«PSJ», «Marsel» va «Renn» Chempionlar ligasi, «Lill» va «Nitssa» klublari Yevropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Yakuniy jadval samaradorlik indeksi asosida aniqlandi. U barcha o‘yinlarda qo‘lga kiritilgan ochkolar asosida hisoblandi. Shu tufayli, jadval ham birmuncha o‘zgardi:
1. «PSJ»
2. «Marsel»
3. «Renn»
4. «Lill»
5. «Nitssa»
6. «Reyms»
7. «Lion»
8. «Monpele»
9. «Monako»
10. «Strasbur»
11. «Anjyer»
12. «Bordo»
13. «Nant»
14. «Brest»
15. «Mets»
16. «Dijon»
17. «Sent-Eten»
18. «Nim»
19. «Amen»
20. «Tuluza»

Liga 1 to‘xtatilmasidan oldin barcha klublar 28ta o‘yin, «PSJ» va «Strasbur» esa 27ta o‘yin o‘tkazgan edi.

Fransiya chempionatining 2020/21 mavsumi 22-23 avgust kunlari start olishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid