Jizzaxda sel qoramol podasini oqizib ketdi
Ijtimoiy tarmoqda Jizzax viloyatida ro‘y bergan sel mollar podasini oqizib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Bu holat 29 aprel kuni viloyatning Sharof Rashidov tumani hududida sodir bo‘lgan.
«Samarqandliklar» telegram kanalida tarqalgan qisqa videoda kuchli yomg‘ir tufayli hosil bo‘lgan sel mollar podasini oqizib ketayotgani aks etgan. Sel o‘zanida oqib ketayotgan o‘nlab mollarni qutqarishning iloji bo‘lmagan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi kanalida shu kuni Samarqand viloyatida kuchli yomg‘ir haqida ma'lumot berilgan, ammo Jizzax viloyatidagi holat bo‘yicha xabar yo‘q.
Shuningdek, vazirlik o‘z sahifalarida 1-2 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan nam havo oqimi kirib kelishi kutilayotgani haqida xabar bergan.
«Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamolning tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda shamol shiddati 23-28 m/s.gacha yetadi. Shuningdek, 30 aprel-3 may kunlari kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi bor», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:28 / 08.09.2024
Birovning nomiga 20 mln so‘m kredit olib o‘zlashtirib yuborgan shaxs ushlandi
19:33 / 16.08.2024
O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
01:05 / 16.08.2024
Jizzaxda 55 nafar hokim yordamchisi ma’muriy javobgarlikka tortildi
19:52 / 04.08.2024