Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya koronavirusga qarshi xalqaro kurash uchun 400 mln frank ajratadi
Qayd etilishicha, Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi foizsiz kreditni yetti yil davomida qaytaradi.
Shveytsariya koronavirusga qarshi xalqaro kurash uchun 400 mln frank miqdorida foizsiz kredit ajratadi, undan 200 millioni Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasiga beriladi. Bu haqda mamlakat hukumati saytida ma'lum qilindi.
"COVID-19 rivojlanayotgan davlatlarga kuchli ta'sir ko‘rsatmoqda. Qashshoqlik, nizo va falokatlar hukm surayotgan mamlakatlarda shundoq ham beqaror vaziyat yanada yomonlashmoqda. Vaziyatni yumshatish uchun federal kengash Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasiga 200 million frank miqdorida foizsiz kredit ajratish hamda XVJning maqsadli fondiga 25 million frank miqdorida mablag‘ ajratishga qaror qildi", - deyiladi hukumat bayonotida.
Qayd etilishicha, Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi foizsiz kreditni yetti yil davomida qaytaradi.
Yana 175 million frank xalqaro tashkilotlarning koronavirusga qarshi kurashdagi o‘zaro hamkorligini mustahkamlashga ajratiladi. Mablag‘ qaysi tashkilotlarga berilishi to‘g‘risidagi qaror federal kengash tomonidan may oyida qabul qilinadi.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025