Jamiyat | 14:50 / 30.04.2020
8065
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositasini saqlagan shaxs aniqlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 23 aprel kuni Xorazm viloyati Xonqa tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Uning davomida Xonqa tumani “Qirq yop” qishlog‘ida yashovchi 64 yoshli D.A.ning yashash xonadoni o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda 7 bo‘lak umumiy vazni 53,92 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Xonqa tuman IIB huzuridagi Terov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. D.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Mavzuga oid