Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fan olimpiadasining navbatdagi bosqichlari o‘tkaziladimi? XTV izoh berdi
Fan olimpiadasining uchinchi (viloyat) va to‘rtinchi (respublika) bosqichlari o‘tkaziladimi? Agar o‘tkazilmasa, tuman bosqichi g‘oliblariga imtiyozlar mavjudmi?
3 may kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ushbu savol yuzasidan javob berdi.
Fan olimpiadasining navbatdagi bosqichlari o‘tkaziladimi? XTV izoh berdiFan olimpiadasining navbatdagi bosqichlari o‘tkaziladimi? XTV izoh berdi 👉 https://kun.uz/71741947
Posted by Kun.uz on Saturday, May 2, 2020
“Respublika fan olimpiadasining 3-bosqich (viloyat) va 4-bosqichini (respublika) o‘tkazish bo‘yicha barcha tayyorgarliklar ko‘rilgan. Ularni o‘tkazish masalasi mamlakatdagi umumiy holatga bog‘liq. Vaziyat yaxshilanib borgani sari ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ruxsat berilsa, olimpiadaning mazkur bosqichi o‘tkazilishi mumkin bo‘ladi. Olimpiada o‘tkazilishi rejalashtirilgan taqdirda o‘tkazish vaqti bo‘yicha yana qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
Vaziyatdan kelib chiqqan holda, olimpiadaning viloyat va respublika bosqichlari bekor qilinsa, tuman bosqichi g‘oliblariga imtiyozlar berilmaydi”, deya Sherzod Shermatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
09:10 / 24.05.2025
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun mukofot puli miqdori oshirildi
17:28 / 28.03.2025
«El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali xorijda o‘qiganlar ishga tanlovsiz olinadi
21:42 / 04.09.2024
Maktablarning bo‘sh yerlarida DXSh asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi
18:19 / 25.05.2024