Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi xonadonda 108 tup «ko‘knori» o‘simligi ekilgani aniqlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 28 aprel kuni soat 11:20da IIB xodimlari tomonidan Samarqand viloyati Payariq tumani Kattasaydov MFY qishlog‘ida yashovchi B.Z.ning yashash xonadoni tomorqasi ko‘zdan kechirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, uyning tomorqa qismida 2 kvadrat metr yer maydonida 108 tup “ko‘knori” giyohvandlik o‘simligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
B.Z. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va himoyachi ishtirokida so‘roq qilingan, B.Z. o‘z ko‘rsatmalarida ushbu taqiqlangan ekinni bir necha yildan buyon “bronxial astma” kasalligi borligi uchun kelgusida o‘zini iste'moli uchun ekib parvarishlab kelganligini bayon qilgan.
Mavzuga oid
08:24 / 18.04.2025
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
10:38 / 11.04.2025
DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi
11:50 / 25.03.2025
Hududlarda salkam 100 kg giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi
14:36 / 16.03.2025