YHXBB taksichilarga yo‘lovchi tashishga ruxsat berilmaganini xabar qildi
IIV YHXBB videolavhasida taksi haydovchilariga yo‘lovchilarni tashishga hali ruxsat berilmagani bildirilgan.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining ma'lum qilishicha, taksi haydovchilariga yo‘lovchilarni tashishga hali ruxsat berilgani yo‘q. Yo‘lovchilarni tashish uchun taksi haydovchilari jarimaga tortila boshlandi.
«Yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi taksilarda yo‘lovchilarni tashish taqiqlangan, ammo Toshkentdagi ba'zi haydovchilar, yetkazib berishdan tashqari, odamlarni tashish bilan shug‘ullanmoqda», - deyiladi YHXBB multimedia markazi videolavhasida.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 30 apreldan e'tiboran fuqarolarga ish joyiga borib kelish, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun soat 07:00 dan 10:00 ga hamda soat 17:00 dan 20:00 ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yo‘lovchilar bilan birga), shu jumladan, velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berildi.
Barcha fuqarolarga avtomobilda yo‘lovchilar bilan harakatlanishga ruxsat berilgani sababli, taksi xizmatlari ularni tashish bo‘yicha faoliyatini tikladi.
Gazeta.uz’ning ichki ishlar idoralaridagi manbalar orqali aniqlik kiritishicha, maxsus komissiyaning tasdiqlangan bayonida «yo‘lovchilar bilan birga» degan jumla mavjud emas. Komissiyaning bayonlari to‘liq e'lon qilinmagan.
Mavzuga oid
12:19 / 22.11.2024
Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
18:50 / 29.10.2024
Toshkentda ikki talaba taksichini o‘ldirib, mashinasini olib qochmoqchi bo‘ldi
07:50 / 25.10.2024