Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 3,5 million kishidan oshdi
Ikki hafta ichida dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1 million kishiga ko‘paydi. Jons Xopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, 247 mingdan ortiq bemor COVID-19 asoratlaridan vafot etdi, 1,1 mln kishi sog‘aydi.

Foto: EPA/Vostock-photo
Jons Xopkins universitetining hozirgi ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 3,5 milliondan ortiq odam koronavirus yuqtirib olgan. Ikki hafta oldin, 21 aprel kuni 2,5 millionta kasallanish holati qayd etilgandi.
4 may kungi vaziyatga ko‘ra, dunyoda 3 502 126ta koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holati qayd etilgan, uning asoratlari natijasida 247 mingdan ortiq odam vafot etgan, 1,1 milliondan ortiq kishi tuzaldi.
Kasallanganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda 1,1 million kishida koronavirus aniqlangan AQSh turibdi. Xuddi shu mamlakatda kasallik qurbonlarining aksariyati qayd etildi - 67,4 ming kishi. Biroq, AQSh koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisidan o‘tdi, dedi 16 aprel kuni mamlakat rahbari Donald Tramp.
Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha AQShdan keyin Ispaniya va Italiya boryapti. Ularda 217,4 ming va 210,7 ming kishi infeksiya yuqtirib olgan. Ushbu ikki mamlakatda ham aprel oyi o‘rtalarida kasallanish va o‘lim holatlari kamaygani qayd etildi.
Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi o‘rinlarni Buyuk Britaniya (187,8 ming kishi), Fransiya (168,8 ming) va Germaniya (165,6 ming) egallab turibdi. Rossiya ushbu ro‘yxatda 134,6 mingta kasallanish holati bilan yettinchi pog‘onada.
Koronavirus bilan kasallanganlar orasida o‘lim darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Italiya, ushbu mamlakatda 28,8 ming kishi vafot etdi. Undan keyingi o‘rinda Buyuk Britaniya: epidemiya boshlangandan beri bu davlatda 28,4 mingta o‘lim qayd etilgan.
1 may kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasi tufayli global favqulodda vaziyat rejimini kuchda qoldirdi. 23 yanvar kuni, 600 kishi infeksiya yuqtirib olgani ma'lum bo‘lganida, JSST kasallikning tarqalishini favqulodda vaziyat deb tan olishdan bosh tortdi, ammo bir hafta o‘tgach, 6 mingdan ortiq odam yuqtirganida, tashkilot o‘z qarorini o‘zgartirdi. 11 mart kuni JSST koronavirus tarqalishini pandemiya deb baholadi.
Minnesota universiteti huzuridagi Yuqumli kasalliklar bo‘yicha tadqiqotlar markazi mutaxassislarining fikriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi bir necha yil davom etishi mumkin va dunyo aholisining uchdan ikki qismi virusni yuqtirib, unga immunitetga hosil qilmagunicha kuzatiladi. Mamlakatlar tomonidan infeksiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilgan choralarga qaramay, kelajakda koronavirus tarqalishda davom etadi, 2022 yildan keyin uning yangi holatlari paydo bo‘lishi mumkin, deydi mutaxassislar.
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021