Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angrendagi uydan qadimiy sopol buyumlar topildi
Angrenda fuqaro yashab turgan turar joy hovlisidan odamlarning suyak qoldiqlari va qadimiy sopol buyumlar topildi.
2020 yil 23 aprel kuni Toshkent viloyatining Angren shahri Bog‘i Surh MFY Abay ko‘chasidagi uyda yashovchi F.N.ning yashab turgan turar joyi hovlisida qazilgan chuqurdan qabr ochilgan.
Madaniyat vazirligi xabariga ko‘ra, 30 aprel kuni fuqaro F.N. bu haqda Angren shahar tarixi muzeyiga xabar bergan. Angren shahar tarixi muzeyi xodimlari tomonidan 1 may kuni Angren shahar Bog‘i Surh MFY Abay ko‘chasida yashovchi fuqaroning murojaati asosida uning yashab turgan turar joy hovlisidan qazilgan chuqurda qazishma ishlari olib borilgan.

“Tadqiqot ishlari xulosasiga ko‘ra, ushbu qabr “Qovunchi” madaniyatiga oid bo‘lib, u miloddan avvalgi 3, milodning 3-4 asrlariga tegishli ekanligi qayd etildi.

Qabrdan shu davrda yashagan odamlarning suyak qoldiqlari va 5 xil turli hajm va shakldagi sopol buyumlari qazib olindi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
20:19 / 14.05.2025
Angrenda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi
23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi
20:12 / 05.03.2025