Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston xorijdan yuz minglab fuqarolarini qaytarishni boshlaydi
Hindiston xorijiy davlatlardan, jumladan BAAdan yuz minglab fuqarolarini qaytarishni boshlamoqda. 7 maydan boshlab xorijdagi hindistonliklar yo‘lovchi samolyotlarida va harbiy kemalarda olib chiqila boshlanadi.
Jumladan, BAAda 200 mingdan ko‘proq hindistonlik o‘z yurtiga qaytishga ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan chorak qismi daromadsiz qolgani sababli uylariga qaytmoqda.
Dubayga hindistonliklarni qaytarish uchun INS Shardul harbiy kemasi jo‘natilgan.
Ta'kidlanishicha, reyslarga respirator kasallik alomatlari bo‘lmagan yo‘lovchilar qo‘yiladi. Ular Hindistonga kelgach, 14 kunga karantinga joylanadi. Hindistonliklarning ortga qaytarilishi ham, karantinda saqlanashi ham pullik bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, 7 maydan 14 maygacha 12 ta davlatdan 15 ming hindistonlikni qaytarish uchun 60 ta charter reysi amalga oshiriladi. Qaytariladiganlar orasida xorijda koronavirus pandemiyasi sababli qolib ketgan sayyohlar bilan bir qatorda ishsiz qolganlar ham bor.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025