Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugundan Samarqandda kuchaytirilgan reydlar o‘tkaziladi
Bugun, 7 may kuni soat 08:00dan boshlab Samarqandda viloyat IIB tomonidan fuqarolarning karantin qoidalariga rioya etayotganini nazorat qilish maqsadida kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkaziladi. Bu haqda Samarqand viloyat IIBning telegram kanalida e'lon qilingan.
Samarqand viloyati IIB fuqarolarga quyidagi ogohlantirish bilan murojaat qilgan:
- zaruratsiz uydan chiqmang!
- zaruriy mahsulotlarni xarid qilish uchun faqat bir kishi o‘zining yashash hududidagi savdo nuqtalariga chiqsin;
- savdo do‘konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash talab etiladi;
- 65 yoshdan yuqori yoshda bo‘lgan va surunkali kasalligi bor fuqarolar tashqariga chiqishi qat'iyan man etiladi;
- taksi haydovchilariga yo‘lovchi tashish qat'iyan ta'qiqlanadi (bunda kurerlik faoliyatiga ruxsat);
- bir joyda ikki va undan ortiq fuqarolar to‘planmasligi talab etiladi;
- fuqarolarga ish joyiga borib kelish, tibbiy vositalar, oziq-ovqat va birlamchi zarur mahsulotlarni xarid qilish uchun soat 07:00dan 10:00gacha va 17:00dan 20:00gacha barcha turdagi shaxsiy va xizmat mashinalarida (yo‘lovchilar bilan birga), shu jumladan velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga rusxat berilgan;
- fuqarolarga shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarning bevosita oldida va ichki hovli hududlarida ijtimoiy masofani (oraliq masofa 2 metr) saqlagan va niqob taqqan holda sayr qilishga (bunda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onalarining hamrohligida) ruxsat beriladi;
- oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, professor-o‘qituvchilariga ilmiy ishlarni davom ettirish maqsadida laboratoriya va kafedralar faoliyatlarini tiklashga ruxsat beriladi.
«Ushbu talablarni buzgan shaxslar qat'iy javobgarlikka tortiladilar», deyilgan IIB bayonotida.
Ma'lumot uchun, Samarqand kasallik hamon tarqalayotgan viloyatlar qatorida o‘ziga xos «qizil hudud»ga kiritilgan. Ya'ni, viloyatda karantin cheklovlari saqlanib qolgan. Bugungacha Samarqandda 150 kishida koronavirus aniqlangan va 37 kishi tuzalgan. 6 may kuni viloyatda 10ta yangi holat qayd etildi.
Mavzuga oid
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi
13:52 / 09.03.2025