Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik harbiylarga xizmat vaqtida gadjetlardan foydalanish taqiqlab qo‘yildi
Rossiyalik harbiylar harbiy xizmatni o‘tash vaqtida audio va fotomateriallarni uzata oladigan va geolokatsiyani aniqlay oladigan elektron buyumlarga ega bo‘lmasliklari kerak.
Bu haqda Rossiya prezidentining yangi farmonida aytilgan.
Rossiya qurolli kuchlarining intizom nizomiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, ushbu taqiqlovning buzilishi intizomning qo‘pol buzilishi deb qabul qilinadi.
Ta'kidlanishicha, ushbu taqiqlov harbiy jangovar harakatlarda, qurolli ixtiloflarda, Rossiyadan tashqarida xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash yoki tiklash bo‘yicha faoliyatni o‘tashda yoki xalqaro terrorchilik faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha vazifalarni bajarishda amal qiladi.
Bundan tashqari, bunday qurilmalarni jangovar navbatchilik, jangovar xizmatni o‘tashda, naryadlarda bo‘lganda, kemalar mashg‘ulotlari va safarlarida ishtirok etganda, harbiy qism hududida bo‘lganda, harbiy yig‘inlarni o‘tash vaqtida qo‘llash taqiqlanadi.
2019 yil fevralda Rossiya davlat dumasi harbiylarga va harbiy xizmatga chaqirilganlarga muayyan harbiy majburiyatlarni bajarishda telefon, planshetlar yoki ma'lumotni saqlash funksiyasiga ega va internetga ulangan qurilmalarga egalik qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qilgan.
Mavzuga oid
15:15 / 17.05.2025
Ukrainaga halok bo‘lgan 909 harbiyning jasadi qaytarildi
14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025