Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Suriyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar rejimini yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi.
Bu haqda AQSh federal reyestri elektron bazasida joylangan bayonotda aytilgan.
Gap Vashington Damashqqa qarshi 2002 yildan 2012 yilgacha kiritgan turli sanksiyalar haqida bormoqda. Ularda ba'zi jismoniy va yuridik shaxslarning AQShdagi aktivlarining bloklanishi, AQShning ma'lum toifadagi tovarlari va xizmatlarining Suriyaga eksporti taqiqlanishi ko‘zda tutilgan.
Hujjatda prezident Bashar Asad boshchiligidagi Suriya rahbariyati “zo‘ravonlik va inson huquqlari buzilishiga” yo‘l qo‘yayotgani, bunga esa Rossiya va Eron ko‘mak ko‘rsatayotgani ta'kidlab o‘tilgan. “AQSh Asad tuzumi va uning tarafdorlarini beshafqat urushni to‘xtatishga, butun mamlakat bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini kiritishga, barcha muhtoj suriyaliklarga insonparvarlik yordamining to‘siqlarsiz yetkazilishini ta'minlashga va Suriyada siyosiy o‘tishni muhokama qilishga chaqiradi”, deyilgan bayonotda.
Unda, shuningdek, AQSh kelgusida sanksiyalarni saqlash-saqlamaslik borasida “Suriya hukumati tarkibi, siyosati va harakatlaridagi o‘zgarishlarni e'tiborga olishi” ta'kidlab o‘tilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025