Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda 16 maydan maktablar ochiladi
Mamlakatda koronavirus aniqlangan ilk kunlardanoq maktablar va boshqa o‘quv muassasalari mahalliy miqyosda yopilgandi. Keyinroq kasallik tarqalishi avj olganidan so‘ng butun mamlakatdagi maktablar yopildi.
Eron hukumati 16 maydan maktablarni ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat hukumati vakili Ali Rabiy ma'lum qildi.
"Biz 16 maydan tibbiy ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda barcha maktablarni ochishga qaror qildik, ammo o‘quvchilarning maktabga kelishi majburiy bo‘lmaydi", - dedi u IRINN telekanali efirida.
Mamlakatda koronavirus aniqlangan ilk kunlardanoq maktablar va boshqa o‘quv muassasalari mahalliy miqyosda yopilgandi. Keyinroq kasallik tarqalishi avj olganidan so‘ng butun mamlakatdagi maktablar yopildi. Darslar televideniye orqali o‘tildi.
Eronda ayni paytda koronavirus yuqtirganlar soni 107 mingdan oshgan, 6,6 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
23:21 / 15.05.2025