Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobyanin Moskvadagi koronavirusga chalinganlar sonidan xavotirlanmaslikka chaqirdi
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Moskvada koronavirusga chalinganlar soni 115 mingdan oshgan, 1, mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Moskvada koronavirusga chalinganlar sonidan qo‘rqmaslik kerak, ular qancha tez aniqlansa, shuncha tez davolanadi, dedi Moskva meri Sergey Sobyanin.
"Biz 20 kun ichida test o‘tkazish hajmini uch baravarga ko‘paytirdik. Bu bemorlarni erta bosqichda aniqlash, karantinga olish va davolash imkonini berdi. Natijada Moskvada kasalxonalarga yotqizishlar soni uch haftadan buyon barqaror bo‘lib qolmoqda va hatto kamaymoqda. Biz yangi aniqlangan bemorlar sonidan qo‘rqmasligimiz kerak, aksincha ularni qancha ko‘p aniqlasak, shuncha tez yordam ko‘rsata olamiz", - dedi Sobyanin.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Moskvada koronavirusga chalinganlar soni 115 mingdan oshgan, 1, mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Rossiyada oxirgi sutka ichida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 11,6 mingdan ortiq holat qayd etildi. Jami kasallik yuqtirganlar soni 221 mingdan oshib ketdi, 2 mingdan ortiq kishi vafot etdi. Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda turibdi.
Avvalroq mamlakat prezidenti Vladimir Putin Rossiyada ishlanmaydigan kunlar rejimi nihoyasiga yetgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025