Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda yo‘lovchi poyezdlari qatnoviga ruxsat berilmoqda
Hindistonda 12 maydan bosqichma-bosqich tarzda temir yo‘llar orqali yo‘lovchi tashishga ruxsat berilmoqda. Yo‘lovchi poyezdlari harakati 22 martdan boshlab taqiqlangan edi.

Foto: Getty Images / NARINDER NANU
The Economic Times xabariga ko‘ra, poyezdlarda shu haftadan konditsionerlar ham yoqiladi. Yo‘l haqi esa Rajhani ekspress poyezdi narxiga teng bo‘ladi.
Hindistondagi Rajhani ekspress poyezdlari to‘liq konditsioner bilan ta'minlangan bo‘lib, mazkur tizim poyezdlari tezkor va ovqatlanish xizmatini ko‘rsatish uchun ham ixtisoslashgan.
Mamlakat Temiryo‘l vazirligidan ma'lum qilishlaricha, poyezdlar qatnovi Yangi Dehli stansiyasidan turli shaharlarga tomon start oladi. Biroq poyezdlar manzilga yetguncha juda kam yerda to‘xtab o‘tishi reja qilinmoqda.
Garchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilayotgan bo‘lsa-da, ularda harakatlanganda talab qilinadigan ijtimoiy masofalanishning yangi normalari, vokzallarga borish va qaytishda foydalanish uchun zarur bo‘lgan jamoat transportlari qatnovi haqida savollar noaniqligicha qolmoqda.
Hukumatning ma'lum qilishicha, yo‘lovchilar poyezdga chiqishdan oldin teshiruvlardan o‘tkaziladi va virus alomati yo‘q deb hisoblangan odamlargagina poyezdga chiqishga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, poyezdda yo‘lovchilarning niqobda bo‘lishi ham majburiy hisoblanadi.
Chipta olish uchun buyurtmalar faqat onlayn tarzda qabul qilinmoqda. Temiryo‘l kassalari hozircha yopiq.
Vokzallarga faqat chiptasi bor fuqarolar kiritiladi.
Yo‘lovchi poyezdlar harakatiga ruxsat berilayotgan bo‘lsa-da, jamoat transportining boshqa turlari qatnovi tiklanishi masalasi ochiq qolmoqda.
Mavzuga oid

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025