Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp nega tibbiy niqob taqishdan bosh tortganini tushuntirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi paytida niqob kiymasligiga hech kimga yaqin masofadan turib murojaat qilmasligi sabab ekanini ma'lum qildi. Bu haqda u brifingda aytib o‘tdi, brifing C-SPAN telekanali tomonidan namoyish etildi.

Foto: Drew Angerer / Getty Images
Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy xodimlari bilan uzoqroq masofada turib gaplashmoqda. «Men hech kim bilan yaqin masofada turib gaplashmayman», - deya ta'kidlab o‘tdi Tramp.
Prezidentning ta'kidlashicha, Oq uyda hamma niqob taqadi. «Bugun men uchratgan kishilarning barchasi niqobda edi», - deya ma'lum qildi u.
Oq uy xodimlariga bino ichida tibbiy niqob kiyish talabi qo‘yilgan, deb yozadi The Wall Street Journal. Ular o‘z stolida o‘tirgan holatlar uchun istisno qilingan.
Ma'muriyatdan ta'kidlanishicha, Tramp va vitse-prezident Mayk Pens himoya vositalarini taqishlari shart emas. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bunday buyruq Oq uyning ikki xodimida koronavirus bo‘yicha o‘tkazilgan test ijobiy natija berganidan berilgan.
May oyining boshida Tramp vitse-prezidentning matbuot kotibi Keti Millerning infeksiyaga chalinganligini qayd etgandi.
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi

23:29 / 03.07.2021