Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JST bosh direktori muddatdan bir yil oldin iste'foga ketadi
Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Robertu Azevedu o‘z lavozimini belgilangan muddatdan bir yil avval – 2020 yil 31 avgustda tark etadi.
Bu haqda uning o‘zi JSTga a'zo davlatlar vakillarining onlayn-formatda o‘tgan yig‘ilishida ma'lum qildi.
“Bu shaxsiy, oilaviy qaror va u JST manfaatlariga to‘g‘ri keladi, deb ishonaman”, deb aytgan 62 yoshli Azevedu.
JST rahbarining ta'kidlashicha, uning o‘z lavozimidan barvaqt ketishi tashkilotga a'zo davlatlarga 2021 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan JSTning 12-vazirlar anjumaniga tayyorgarlikdan e'tiborni chalg‘itmasdan yaqin oylarda unga voris topish imkonini beradi.
“Biz vorisimga nafaqat anjumanni o‘tkazishni, balki ushbu anjuman tashkilotning kelajagiga qanday mos kelishini rejalashtirishga vaqt berishimiz lozim. Yangi bosh direktor o‘z lavozimini qancha erta egallasa, shuncha yaxshi bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tilgan Azeveduning bayonotida.
Kelib chiqishi braziliyalik bo‘lgan Azevedu ushbu lavozimni 2013 yil sentyabrdan beri egallab keladi. Uning ushbu lavozimdagi ikkinchi 4 yillik muddati 2017 yil sentyabrda boshlangan va 2021 yil avgusti oxirida tugashi kerak edi.
JST qoidalariga ko‘ra, tashkilotga a'zo davlatlar yangi rahbarni yaqin oylarda tayinlashlari kerak. Agar bu 1 sentyabrgacha yuz bermasa, unda JST rahbari lavozimini Azeveduning 4 o‘rinbosaridan biri vaqtincha egallaydi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp JST AQShga adolatsiz munosabatda ekanini aytgan va o‘zgarishlar yuz bermasa, tashkilotdan chiqib ketish bilan tahdid qilgan.
Jumladan, Azevedu 14 maydagi yig‘ilishda “dunyoda chuqur o‘zgarishlar bo‘layotgan bir vaqtda JST bir joyda qotib qololmasligini” aytgan.
Mavzuga oid
17:12 / 28.03.2022
Galina Saidova savdoni erkinlashtirish xavflari haqida gapirdi. Iqtisodchilar u keltirgan argumentlarni rad etdi
17:50 / 21.12.2021
Importni kvotalash: Vazir izoh berdi, iqtisodchi savdoni cheklashni bas qilishga chaqirdi
16:42 / 07.12.2021
Kvotalash niqobi ostida...
09:57 / 04.11.2021