Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda xususiy tadbirkorni 10 000 000 so‘mga «uxlatgan» shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Joriy yilning 10 may kuni Xorazm viloyatining Hazorasp tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasidan hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda IIV axborot xizmati.
Ularga ko‘ra, shu yil 15 yanvar soat 15:30larda "Otaliq" mahallasida yashovchi X.S. "Bog‘dor" mahallasi hududida joylashgan avtoturargohda shu mahallada yashovchi xususiy tadbirkor O‘.R.ga Toshkent shahridagi “Rustamboy” ismli hamkoriga 10 000 000 so‘m pulni yetkazib berishini aytib, firibgarlik yo‘li bilan pullarni olib, aytilgan shaxsga yetkazmay o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida X.S. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025