Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin va Iroqda Ramazon hayiti vaqtida aholining harakatlanishi taqiqlanadi
Falastin va Iroqda koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida aholining Ramazon hayiti vaqtida harakatlanishi taqiqlanadi.
Jumladan, Falanstin hukumati 22 maydan Ramazon hayiti boshlanishi bilan 3 kunga fuqarolarning mamlakat ichida harakatlanishiga to‘liq taqiqlov kiritmoqda. Bu haqda Falastin bosh vaziri Muhammad Shtayyega tayanib TASS axborot agentligi xabar berdi.
“25 maygacha uch kun davomida shaharlar, qishloqlar va qochqinlar lagerlarida har qanday harakatlanish taqiqlanadi. Faqatgina novvoyxonalar va dorixonalar ishlaydi”, deb aytgan Shtayye.
Bayram vaqtida barcha davlat va xususiy tashkilotlar yopiq bo‘ladi. Hayit tugagach, hukumat tomonidan qabul qilingan choralar samaradorligiga baho beriladi va cheklovlarning yumshatilishi masalasi hal qilinadi.
Jon Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Falastinda koronavirusga chalinganlar soni 376 nafarni, undan vafot etganlar 2 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, Iroqda 22 maydan boshlab 8 kunlik muddatga komendantlik soati joriy qilinadi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.
Kun bo‘yi amal qiladigan o‘zini izolyatsiyalash rejimi 30 maygacha davom etadi. Iroqliklar ham Ramazon hayiti kunlarini izolyatsiyada o‘tkazishlariga to‘g‘ri keladi.
Ayni vaqtda Iroqda koronavirusga chalinganlar soni 3260 nafarni, undan vafot etganlar 121 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
23:20 / 25.05.2025
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
17:55 / 21.05.2025
G‘arbning asosiy davlatlari Falastinni tan olmoqchi. Bu nimani o‘zgartiradi?
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
22:36 / 17.05.2025