Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda mingga yaqin ko‘ngilli yoshlar xizmat qilmoqda – Alisher Sa'dullayev
Sirdaryoda o‘tkazilgan Xalqaro press-klub sessiyasida qatnashgan Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa'dullayev Sardoba texnogen ofati oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etayotgan ko‘ngilli yoshlar faoliyati haqida axborot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha mingga yaqin volontyor ishlamoqda. Ularning faoliyati uchta yo‘nalishda tashkil etilgan. Birinchidan, butun O‘zbekistondan kelayotgan xayriyalarni qabul qilib, tartib bilan joylashtirishmoqda. Ikkinchidan, evakuatsiya qilingan joylardagi keksalar, yosh oilalarning farzandlari oldida bo‘lib, ularni qo‘llab-quvvatlashmoqda, xizmatlarini qilishmoqda. Uchinchi yo‘nalishda “Fidokor yoshlar otryadlari” tashkil etilgan bo‘lib, ular qurilish obektlaridagi ish jarayonlariga jalb qilingan.
“Bu - yoshlarning jarayonga befarq emasligi, shu vaziyatda o‘z o‘rnini ko‘rsatishni istagani, xalqimiz boshiga kelgan sinovli kunlarda bir chetda turib emas, jarayon markazida ishtirok etishni xohlashining yaqqol misoli, deb o‘ylayman”, dedi Alisher Sa'dullayev.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
17:59 / 18.04.2025
«Esingiz borida etagingizni yopib oling» - Turdimov xususiy korxonalar rahbarlarini soliqdan qochmaslikka chaqirdi
17:39 / 28.02.2025
Sirdaryo va Oqoltin tumanlariga yangi hokim tayinlandi
13:45 / 26.02.2025