Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Renault Fransiyadagi bir nechta zavodini yopishni o‘ylamoqda
Kompaniya 19 may kuni Sloveniyadagi avtozavodda ishlovchi 3200 xodimdan 400ga yaqinini bo‘shatishini e'lon qilgandi.
Renault avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasi xarajatlarni kamaytirish uchun Fransiyadagi uchta zavodini yopish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Les Echos gazetasining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, bu qaror haqida yaqin kunlarda e'lon qilinadi.
Kompaniya Shuazi-le-Ruadagi 260 kishi ishlaydigan korxonasini, Bretanidagi 385 kishi ishlaydigan metall eritish zavodini yopishni rejalashtirmoqda. Ulardan keyin esa Deppedagi 385 kishi ishlaydigan avtozavod yopiladi.
Ivelin departamentidagi Zoe elektromobili va Nissan Micra avtomobilini ishlab chiqaruvchi zavod bir necha yildan keyin avtomobil ishlab chiqarishdan voz kechadi. Hozirda bu yerda 2600 kishi ishlaydi, zavod 2019 yilda 160 000 dona mashina ishlab chiqargan.
Hukumat yaqinda Renault kompaniyasiga 5 mlrd yevro miqdorida yordam ajratishga va'da bergandi.
Kompaniyaning qayd etishicha, pandemiya ortidan yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar sababli Renault xarajatlarni qisqartirishga majbur bo‘lmoqda.
Kompaniya 19 may kuni Sloveniyadagi avtozavodda ishlovchi 3200 xodimdan 400ga yaqinini bo‘shatishini e'lon qilgandi.
Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasining ma'lumotiga ko‘ra, Fransiyada yangi avtomobillar sotuvi 88,8 foizga tushib ketgan.
Mavzuga oid
18:56 / 10.10.2022
Renault bir o‘rindiqli Mobilize Solo elektromobilini namoyish etdi
20:25 / 29.07.2022
Renault Rossiyani tark etishi natijasida ko‘rgan zararini 2,3 mlrd yevro deb baholadi
21:52 / 26.11.2021
Renault o‘z mashinasi uslubida kvadrokopter ishlab chiqdi
12:40 / 19.10.2021