Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda aholi orasida yangi kasallanish holatlari aniqlanishi davom etmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 22 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2020 yil 22 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3028 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 11 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 11 nafari esa aholi orasidan qayd etildi.
Karantinda bo‘lgan fuqarolarning 6 nafari chet etdan kelgan, 5 nafari esa kasallikni bemorlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan.
Aholi orasidan aniqlangan holatlarning barchasi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat'iy karantinga olingan.
Bugun hozircha 61ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 56 kishi tuzaldi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 2463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Shifoxonalarda 552 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021