Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida harakatlanishga to‘liq taqiq kiritildi
Saudiya Arabistonida koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida Ramazon hayiti arafasida 22 maydan harakatlanishga to‘liq taqiq kiritildi.

Foto: AP / Mosa'ab Elshamy
Bu haqda Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi vakili Talol ash-Shalxub matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, taqiqlov podshohlikning barcha shaharlari va tumanlarida 22 may soat 17dan kuchga kirib, 27 maygacha 24 soat amal qiladi.
Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinganlar soni keskin ko‘paymoqda va 22 may kuni mamlakatda bir kun ichida koronavirusga chalinganlar soni 2642 nafarni tashkil qilib, bu borada rekord ko‘rsatkich qayd qilindi. Pandemiya boshidan beri podshohlikda umumiy hisobda 67,7 mingdan ko‘proq odam koronavirusga chalingan, undan vafot etganlar soni 364 nafarni tashkil qilmoqda. Sog‘ayib ketganlar 39 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Avvalroq podshohlik rahbariyati koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida Ramazon hayiti vaqtida harakatlanishga 5 kunga to‘liq taqiqlov kiritilishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid

07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

22:15 / 14.05.2025