Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azo sektorida koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi
Falastinning Isroil hududida joylashgan anklav hududi G‘azo sektorida koronavirus sabab ilk o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida aytilgan.

Foto: AFP
Ma'lum bo‘lishicha, yaqinda Misrda bo‘lib qaytgan 77 yoshli ayol G‘azoda virusning ilk qurboniga aylangan. U 19 may kuni Misrdan qaytgach, karantinga olingandi. Butun Falastinda virus yuqtirganlar soni 423 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 346 nafari tuzalgan bo‘lsa, 4 kishi vafot etgan. G‘azo sektorida esa 55 kishida virus aniqlangan. Ularning 38 nafari kasalxonada qolmoqda, 16 kishi tuzalgan.
Ma'lumot uchun, G‘azo sektori Falastinning Isroil hududida qolib ketgan anklav hududi hisoblanadi. O‘rta Yer dengizi sohilida joylashgan bu hududning ikki tomoni Isroil bilan chegara va janubda Misrga chegaradosh. G‘azoning Isroil bilan chegara qismlari jiddiy qo‘riqlanadi. Mirs bilan chegara esa beton to‘siqlar bilan ajratilgan. Umumiy hududi 365 kvadrat kilometr bo‘lgan G‘azoda 2 million atrofida falastinliklar istiqomat qiladi.
Mavzuga oid

13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

10:14 / 05.03.2025