Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 22:56 / 25.05.2020
104380
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistondagi qamoqxonalar va mahbuslar soni ochiqlanadi
O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni ijro etish sohasidagi bir qator ma'lumotlar maxfiylikdan chiqariladi. 22 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingan.
Foto: Sputnik
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qarorga asosan, quyidagi ma'lumotlar maxfiylikdan chiqariladi:
- IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar soni to‘g‘risidagi ma'lumotlar,
- IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni hamda ular joylashgan joy to‘g‘risidagi ma'lumotlar,
- JIEMlarning ishlab chiqarish faoliyati, ular tomonidan nomenklatura bo‘yicha va pul bilan ifodalanadigan ishlab chiqarilayotgan tovar mahsulotlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar,
- IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasida o‘lim holatlari soni to‘g‘risidagi ma'lumotlar,
- JIEMlarda saqlanayotgan va tibbiy tusdagi majburiy choralar qo‘llaniladigan mahkumlar soni to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
10:06 / 21.04.2025