Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada cheklovlar rejimini iyun o‘rtasigacha uzaytirish rejalashtirilmoqda
Moskvada koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan cheklovlar rejimi 31 maydan keyin uzaytirilib, iyun o‘rtalarida bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Moskva meriyasi, Rossiya hukumati, prezident ma'muriyatidagi manbalarga tayanib “Otkrytyye media” nashri ma'lum qildi.
Prezident ma'muriyatidagi manbaning ta'kidlashicha, epidemiologik vaziyat barqaror ko‘rinayotgani sababli Rossiya poytaxtida propusk rejimi 12 iyunda nishonlanadigan Rossiya kuniga bekor qilinadi. Biroq Moskva meriyasidagi manbaning ta'kidlashicha, propusk rejimi biroz kechroq - 15 iyunda bekor qilinadi. Biroq bu yengillashtirish 65 yoshdan katta moskvaliklarga taalluqli bo‘lmaydi.
Meriya vakilining ma'lum qilishicha, izolyatsiya rejimi uzaytiriladigan sana joriy hafta o‘rtalarida ma'lum bo‘ladi. Uning ta'kidlashicha, poytaxtdagi vaziyat may oxirida harakatlanishga barcha cheklovlarni bekor qilish uchun yetarlicha yaxshi emas.
Agar kasallik dinamikasi ijobiy bo‘lsa va yangi avj olishlar yuz bermasa, aksariyat cheklovlar iyunda bekor qilinadi. Rospotrebnadzor rejasiga ko‘ra, cheklovlar sekin-asta olinadi. Avvalroq ushbu tashkilot cheklovlar bekor qilinishining 3 bosqichli rejasini ma'qullagandi. 1-bosqichda rossiyaliklarga ko‘chada farzandlari bilan sayr qilishga va sport bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Kichik do‘konlar ochiladi. Keyinroq ta'lim muassasalari va savdo nuqtalari o‘z ishini tiklaydi. Biroq bunda xaridorlar soniga cheklovlar amal qiladi.
25 may holatiga ko‘ra, Moskvada koronavirusga chalinganlar soni 166 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda, ulardan 2034 nafari vafot etgan, 53 mingdan ko‘proq kishi sog‘ayib ketgan.
Rossiya bo‘yicha esa koronavirusdan kasallanganlar soni 353 mingdan ko‘proqni, vafot etganlar 3633 nafarni tashkil qilmoqda. 118 mingdan ko‘proq kishi sog‘ayib ketgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025