Jamiyat | 08:59 / 26.05.2020
12368
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 96 yoshli fuqaroning tomorqasidan 122 tup ko‘knori topildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yilning 19 may kuni soat 11:20da Samarqand viloyati Jomboy tuman IIB xodimlari tomonidan “Qoradori 2020” tadbiri o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Uning davomida, Jomboy tuman G‘orovtepa qishlog‘ida yashovchi 96 yoshli G‘.T.ning yashash uyi hovlisidagi tomorqasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida ekilgan jami 122 tup yashil rangli, o‘tkir hidli, «ko‘knor» giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotganligi aniqlanib, ushbu 122 tup o‘simliklar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid