Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan qo‘rqmaslik kerakligini aytdi
"Agarda kasallikka chalinib, tuzalgan bo‘lsak, ikkinchi to‘lqindan cho‘chishimizga hojat yo‘q", - dedi Lukashenko.
Foto: EPA/Vostock-photo
Aksariyat belaruslar koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqinigacha immunitetga ega bo‘ladi, deb hisoblaydi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.
Lukashenko hozirda butun dunyoda koronavirusning ikkinchi to‘lqini to‘g‘risida, uning kuzda avj olishi haqida gapirayotganini eslab o‘tdi. Ammo uning fikricha, "bu vaqtga kelib Belarusda ko‘pchilik ushbu infeksiyaga chalinib o‘tgan bo‘ladi va immunitet ishlab chiqaradi".
"Agarda kasallikka chalinib, tuzalgan bo‘lsak, ikkinchi to‘lqindan cho‘chishimizga hojat yo‘q", - dedi Lukashenko.
U shu bilan birga, pandemiya mamlakat sog‘liqni saqlash tizimidagi qator kamchiliklarni ko‘rsatib berganini aytdi.
"Hammasi tugagach, bu haqda gaplashamiz. Ammo bu kamchiliklarni ko‘rib turibmiz, kerakli choralarni ko‘ramiz", - dedi Lukashenko.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Belarusda 40 764 kishida koronavirus aniqlangan, 224 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021