Jamiyat | 22:36 / 29.05.2020
21642
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida barpo etilgan ekoparkni borib ko‘rdi

Prezident bog‘da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, manzarali daraxtlar va gul do‘konlarini ko‘zdan kechirdi.

O‘zbekiston prezidenti o‘tgan yili 21 mayda Uchtepa tumaniga tashrifi chog‘ida Toshkent shahri tumanlarida istirohat bog‘lari tashkil etib, aholining dam olishi uchun sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. 

Shunga muvofiq, Sergeli tumanida umumiy maydoni 10 gektar bo‘lgan «Flowers Garden Park» tashkil etildi. Shundan 5 gektari bog‘, 5 gektari gul sotish markazidir.

Boqqa yirik gulli magnoliya, fotiniya frazeri, qora sosna, igna bargli archa, “Krimson king” chinori kabi 30 turdagi 6 mingdan ziyod manzarali daraxt va 20 turdagi 60 mingdan ziyod buta olib kelib ekilgan. Aholining ko‘ngilli hordiq chiqarishi uchun restoran, savdo shoxobchalari tashkil etilgan.

Turkiyaning “Natural Peyzaj” shirkati bilan hamkorlikda bunyod etilgan bog‘da 200 ta ish o‘rni yaratilgan. Malakali agronom va entomologlar jalb etilgan. 

Prezident bog‘da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, manzarali daraxtlar va gul do‘konlarini ko‘zdan kechirdi.

Mavzuga oid