Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada uchinchi kun koronavirusga chalinish bo‘yicha rekord qayd etilmoqda
Braziliyada uchinchi kun koronavirusga chalinish bo‘yicha rekord qayd qilinmoqda. Lotin Amerikasi davlatida so‘nggi sutkada 33274 kishi koronavirusga chalingani aniqlangan.
Mamlakatda 28 mayda 26417 ta va 29 mayda 26928 ta kasallanish holati qayd etilgandi.
Mamlakatda koronavirusga chalinganlar umumiy soni 498440 nafarga yetgan.
So‘nggi sutkada koronavirusdan o‘lim soni 956 tani tashkil qilib, vafot etganlar soni 28834 nafarga yetgan. 200 mingdan ko‘proq kishi sog‘ayib ketgan.
Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusdan 100 ming aholiga 237,2 nafar kasallangan va 13,7 nafar vafot etgan to‘g‘ri kelmoqda. Kasallanganlar orasida vafot etganlar ulushi 5,8 foizni tashkil qilmoqda.
Mamlakat hozirda koronavirusdan kasallanganlar soni bo‘yicha AQShdan keyin dunyoda 2-o‘rinni, vafot etganlar soni bo‘yicha AQSh, Britaniya va Italiyadan keyin 4-o‘rinni egallamoqda.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025