Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda yuk mashinasi va Lacetti YTHga uchradi, qurbonlar bor
2020 yilning 31 may kuni soat 17:30da haydovchi, 24 yoshli Sh.X. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinani «G‘uzor-Beyneu» yo‘nalishidagi A-380 yo‘lining Buxoro viloyati Jondor tumani «Luqmon» Gazli cho‘l hududidan o‘tuvchi asfalt yo‘ldan boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u ushbu yo‘lning 301-kilometriga yetganida, o‘ziga nisbatan yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan 46 yoshli D.Sh. boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yuk avtomashinasining old qismiga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi Sh.X. va ushbu avtomashina old yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi, 48 yoshli T.Q. og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari Buxoro viloyati IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.
«Hurmatli haydovchilar, transport vositasini boshqarayotgan vaqtda hushyor bo‘lishingizni va amaldagi «Yo‘l harakati qoidalari»ga qat'iy rioya qilishingizni so‘raymiz», - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025