Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada restoran, muzey va bozorlar ochildi
Bundan tashqari, mamlakat ichidagi aviareyslarga ham ruxsat berildi.
Turkiya SARS-CoV-2 tarqalishiga qarshi kurashish doirasida joriy etilgan karantin choralarini yumshatishga kirishdi. 1 iyundan mamlakatdagi restoran, muzey, kutubxona va bozorlar niqob taqish va ijtimoiy masofalanish qoidalariga rioya qilgan holda yana mijozlarni qabul qila boshladi.
Istanbuldagi dunyoga mashhur Laleli bozori besh yuz yildan ortiq tarixi davomida birinchi marta uzoq vaqt yopiq turdi. Pandemiyagacha kuniga 150 mingga yaqin kishi tashrif buyurgan bozor 23 martda yopilgandi.
Shuningdek, park va plyajlar ham ochildi. Ammo barlar va tungi klublar hozircha yopiq turadi.
Bundan tashqari, mamlakat ichidagi aviareyslarga ham ruxsat berildi. Yo‘lovchilar samolyotga chiqishdan oldin maxsus mobil ilova orqali sog‘lom ekanliklari to‘g‘risida kod olishlari kerak bo‘ladi. Boshqa mamlakatlarga parvozlar 10 iyundan keyin amalga oshirilishi kutilmoqda.
Turkiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar 163,9 mingdan oshgan, 4540 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025