O‘zbekiston | 17:13 / 09.06.2020
36788
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni to‘rt yarim mingga yaqinlashmoqda

Bemorlar soni 34 nafarga oshdi. Shifoxonalarda 1020 kishi koronavirusdan davolanmoqda. Ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 34 kishiga Covid-19 tashxisi qo‘yilganini ma'lum qildi.

«2020 yil 9 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4482 (+34) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Karantin markazidagi (shundan 24 nafari xorijdan kelgan, 10 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan) fuqarolar orasida qayd etilgan», – deyiladi vazirlik xabarida.

Kasallikdan tuzalganlar soni 3444 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 3 nafari kecha, 87 nafari bugun sog‘ayib chiqdi.

Hozirda O‘zbekistonning 9ta shahridagi shifoxonalarda jami 1020 kishi koronavirusdan davolanmoqda. Ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid