O‘zbekiston | 23:06 / 12.06.2020
21965
1 daqiqa o‘qiladi

Xalq ta'limi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Usmon Sharifxo‘jayev Xalq ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Ma'lum qilinishicha, bugun prezident Usmon Ulfatovich Sharifxo‘jayevni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorini imzolagan.

Usmon Sharifxo‘jayev 2018 yildan buyon prezident administratsiyasida ta'lim sektori mudiri sifatida ishlab kelayotgan edi. U muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Xalq ta'limi vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Alisher Umarov shu yilning fevralida Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimiga o‘tkazilgandi.

Bundan avvalroq Rustam Karimjonov Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

 

Mavzuga oid