Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda ishsizlarga nafaqa berishni to‘xtatishga qaror qilindi
AQSh mehnat vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, hozirda mamlakatda 21 million nafar ishsiz bo‘lib, umumiy ishsizlik darajasi 13,3 foizgacha pasaygan.

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati koronavirus pandemiyasi va iqtisodiyotning pasayishi fonida belgilangan ishsizlarga nafaqa to‘lashni to‘xtatishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Oq uyning iqtisodiy maslahatchisi Larri Kadlou ma'lum qildi, deb yozadi Financial Times.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyot tiklanayotganligi sababli ma'muriyat avgustdan nafaqa to‘lashdan voz kechishga qaror qilgan.
Kadlou ishga qaytganlar uchun bonus to‘lanishi mumkinligini, ammo bu haftada marta to‘lanadigan 600 dollarlik ishsizlik nafaqasidan kamroq bo‘lishini aytdi.
Mart oyida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun qabul qilingan choralarda haftada bir marta ana shunday nafaqa to‘lanishi ko‘zda tutilgandi. Kongress nafaqa to‘lash muddatini yil oxiriga qadar uzaytirishgan uringandi. Ammo senat bu boradagi qaror loyihasini ko‘rib chiqishni rad etdi.
AQSh mehnat vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, hozirda mamlakatda 21 million nafar ishsiz bo‘lib, umumiy ishsizlik darajasi 13,3 foizgacha pasaygan.
Bloomberg Economics tadqiqotchilarining xulosasiga ko‘ra, ishsizlikning yuqori ko‘rsatkichi uzoq vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025