Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi mehnat migrantlari bugundan patent rasmiylashtirishi zarur
16 iyundan boshlab Rossiya hududida chet el fuqarolarining ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma, shu jumladan patent rasmiylashtirish zarur bo‘ladi.
Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan 2020 yil 18 aprelda qabul qilingan Rossiya prezidentining 274-sonli farmoniga muvofiq, mamlakat hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo‘lishi huquqini beruvchi barcha hujjatlar, shu jumladan patentlarning amal qilish muddati 2020 yil 15 iyungacha uzaytirilgan edi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, Rossiya prezidentining 2020 yil 15 iyundagi 392-sonli farmoni bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra 16 iyundan boshlab Rossiya hududida chet el fuqarolarining ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma, shu jumladan patent rasmiylashtirish zarur bo‘ladi.
Shuningdek, farmon bilan:
- chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo‘lish, vaqtincha yoki doimiy yashash, yashash joyida ro‘yxatda turish muddatlari 2020 yilning 15 sentyabrigacha tugashi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu muddatlarni tugatmaslik;
- Rossiya Federatsiyasidan ma'muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish, deportatsiya qilish muddatlarini 2020 yilning 15 sentyabriga qadar uzaytirish belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 15 martdan 15 iyungacha ish beruvchilar, belgilangan cheklovlar va sanitariya-epidemiologiya choralariga rioya qilgan holda, ishlash uchun ruxsatnoma, patentga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ishga yollash huquqiga ega bo‘ldi.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025