Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada bir kun ichida 35 ming kishida koronavirus aniqlandi
Braziliyada koronavirusga chalinish bo‘yicha rekord darajada kunlik o‘sish qayd etildi. Lotin Amerikasi davlatida so‘nggi sutkada koronavirusga chalingan 34918 kishi aniqlangan.
Shundan keyin Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 923189 nafarga yetgan. Shuningdek, so‘nggi sutkada mamlakatda koronavirusdan 1282 kishi vafot etgan. Virus qurbonlari umumiy soni 45241 nafarni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, 441729 kishi kasallikdan sog‘ayib ketgan.
Braziliyada virus tarqalishi bilan eng og‘ir vaziyat San-Paulu shtatida va uning shunday nomdagi poytaxtida kechmoqda. San-Paulu shahri va unga yondosh hududlarda 21mlndan ko‘proq kishi yashaydi. Hozirda hududda 190 mingdan ko‘proq kishida koronavirus aniqlangan, ulardan 11 mingdan ko‘prog‘i vafot etgan.
Shu bilan birga, mamlakatning ko‘plab hududlarida cheklovlar sekin-asta yumshatilmoqda.
Ayni vaqtda mamlakat koronavirusga chalinish va undan o‘lim holatlari soni ko‘pligi bo‘yicha AQShdan keyin dunyoda 2-o‘rinda turibdi. Avvalroq Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligida vaziyat iyulgacha barqarorlashishi, avgustda virus tarqalishi sekinlashishi, sentyabrda esa keskin pasayish kuzatilishi prognoz qilingan.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025