Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada Bashar Asadning amakisi 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Parij sudi 17 iyunda Suriya prezidenti Bashar Asadning amakisi Rifat Asadni ko‘chmas mulk sohasidagi moliyaviy firibgarliklar va 1984 yildan 2016 yilgacha Suriya davlat mablag‘larini xarjlab yuborish ayblovi bilan 4 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
AFP axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Rifat Asad uyushgan guruh tarkibida pullarni yuvishda va soliq qonunchiligini buzishda aybdor deb topilgan.
Ta'kidlanishicha, sudlanuvchiga tegishli ko‘chmas mulk obektlari 800 mln yevroga baholanadi. Ular Fransiya, Ispaniya va Britaniyada joylashgan.
Shuningdek, sud qarori bilan 82 yoshli Rifat Asadning 90 mln yevrolik mulki, jumladan ikkita hashamatli uyi, 40 ga yaqin kvartirasi, qasri, otxonasi va boshqa obektlar musodara qilinadi.
Avvalroq shu kun AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Vashington Suriyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishini, ular ostiga Suriya prezidenti Bashar Asad va uning rafiqasi tushishini e'lon qilgandi.
Rifat Asad Suriyaning sobiq prezidenti, Bashar Asadning otasi Hafiz Asadning ukasi hisoblanadi va bir vaqtlar uning yaqin safdoshlaridan biri bo‘lgan. U 1983 yilda akasi shifoxonada yotganidan foydalanib, davlat to‘ntaruvini amalga oshirmoqchi bo‘lgan va ushbu qilmishi uchun Suriyadan surgun qilingan. Oxirgi 30 yil 4 rafiqasi va farzandlari bilan birga Yevropada yashab kelgan va o‘zini Suriyaning hozirgi hukumati raqibi deb ataydi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV
20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi
17:47 / 17.04.2025