O‘zbekiston | 13:18 / 18.06.2020
11635
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hindistonga elchi etib tayinlandi

2020 yil 18 iyun kuni O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlangan Dilshod Axatov Toshkentdan Dehli shahriga jo‘nab ketdi.

Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekistonning Hindistondagi favqullodda va muxtor elchisi tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2020 yil 18 iyun kuni O‘zbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Dilshod Axatov Toshkentdan Dehli shahriga jo‘nab ketdi.

Dilshod Axatov 1972 yil 28 iyunda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (Toshkent shahri) va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan.

U bunga qadar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i, Germaniya Federativ Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyi oxirida O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Farhod Arziyev tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosariga aylandi.

Mavzuga oid