AQSh Liviyaga harbiy texnika yetkazishda gumon qilinmoqda
AQSh o‘z manfaatlari yo‘lida Liviyaga harbiy texnika yetkazayotgan bo‘lishi mumkin. AQShning Germaniyadagi “Ramshtayn” bazasidan Tripoli va Misurata shaharlariga harbiy-transport samolyotlari muntazam parvozlar amalga oshirmoqda.
Rossiyaning diplomatik manbasiga tayanib bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi. Manbaning fikricha, Vashington Liviyadagi ixtilof tomonlarini harbiy harakatlarni davom ettirishga undash maqsadida shunday yo‘l tutmoqda.
Manba AQSh Liviyaning g‘arbiga yetkazayotgan yuk harbiy xarakterdaligini gumon qilmoqda. Uning taqsimlanishi bilan AQSh qurolli kuchlarining Afrikadagi qo‘mondonligining (USAFRICOM) Tunis bilan chegarada joylashgan maxsus bo‘linmasi shug‘ullanishi mumkin.
17 iyunda USAFRICOM feldmarshal Halifa Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi tomonida Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining 2 ming jangchisi jang qilayotganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, ushbu jangchilar Tripoliga 14 oy davom etgan hujumning barcha jangovar harakatlarida ishtirok etgan.
2011 yilda Liviyada fuqarolik urushi boshlanib, mamlakatni 1969 yildan beri boshqarib kelgan Muammar Qazzofiy hokimiyatdan chetlatilgan va o‘ldirilgan. Ayni vaqtda Liviyada qo‘shhokimlik yuzaga kelib, sharqdagi Tobruk shahrida Haftar boshchiligidagi parlament, g‘arbidagi Tripolida esa milliy kelishuv hukumati harakat qiladi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024