Jahon | 17:49 / 22.06.2020
22546
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston poytaxtida barcha bog‘chalar yana yopilmoqda 

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida epidemiologik vaziyat va tarbiyachilarning COVID-19’ni yuqtirib olish holatlarini hisobga olgan holda, bolalar bog‘chalari faoliyatini ularning mulk shaklidan qat'i nazar (davlat va xususiy) to‘xtatishga qaror qilindi.

Foto: 24.kz

Coronavirus2020.kz xabariga ko‘ra, 23 iyundan boshlab agar bolalarni uyda qoldirish imkoni bo‘lmasa, ota-onalardan biri masofaviy ish rejimiga o‘tishi kerak.

Umuman olganda, karantin davrida bolalarning umumiy sonidan atigi 20 foizi bog‘chalarga (davlat va xususiy) borgan. Ko‘rilayotgan choralar bolalarning sog‘lig‘ini saqlash va infeksiya tarqalish xavfini kamaytirishga qaratilgan.

“Bolalar bog‘chalarini qayta tiklash shahardagi epidemiyaga bog‘liq bo‘ladi. Qattiq sanitariya me'yorlariga qat'iy rioya qilish kerak: niqob taqish, qo‘llarga antiseptik bilan ishlov berish, ijtimoiy masofani saqlash”, - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid