Jahon | 21:47 / 22.06.2020
3386
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro turizm pandemiya vaqtida qancha daromad yo‘qotgani ma'lum qilindi

Dunyoda joriy yilning ilk 4 oy ichida turizmdan olinadigan daromad pandemiya sababli 195 mlrd dollarga qisqardi. Bu haqda BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti bayonotida ma'lum qilingan.

Xalqaro tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, yanvar-aprel oylari boshqa davlatlarga sayohat qiluvchilar soni 97 foizga qisqargan. Bu esa 195 mlrd dollar yo‘qotilishiga olib kelgan.   

Tashkilot prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda xorijiy davlatlarga sayohat qiluvchilar soni 850 mln-1,1 mlrdgacha kamayishi mumkin. Buning oqibatida esa turizmdan olinadigan daromad 910 mlrd-1,2 trln dollargacha tushib ketishi mumkin.

2019 yilda boshqa davlatlarga sayohat qiluvchilar soni 1,5 mlrd nafarni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich 2019 yilda bir yil oldingiga nisbatan 4 foiz ko‘proq bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid