Hindistondagi ko‘lning rangi bir necha kun ichida to‘liq o‘zgardi
Hindistonning Maxarashtra shtatida joylashgan krater ko‘li bir necha kun ichida o‘z rangini yashildan pushtiga o‘zgartirdi. NASA’ning sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratlariga ko‘ra, ko‘l 25 mayda yashil rangda bo‘lgan, biroq 10 iyunda uning rangi to‘liq o‘zgargan.
Ko‘l 35-50 ming yil avval Yerga yirik meteorit tushgan vaqtda hosil bo‘lgan krater o‘rnida yuzaga kelgan.
Mahalliy geolog Gajanan Kxaratning ta'kidlashicha, ko‘l o‘z rangini birinchi marta o‘zgartirishi emas. Biroq joriy holatda barchasi tez va keskin yuz bergan, bu esa mutaxassisda xavotir tug‘dirgan.
Uning aytishicha, joriy yilda ko‘lda suv kamaygan va shu sababli unda sho‘rlik darajasi ko‘paygan. Shuningdek, suv harorati bir necha darajaga ko‘tarilgan va bu unda suvo‘tlarining jadal o‘sishiga olib kelgan.
“Suvo‘tlar iliq haroratda qizil rangga kiradi, shu sababli ko‘l ham bir kun ichida pushtiga aylangan bo‘lishi mumkin”, deb hisablamoqda geolog.
Davlat o‘rmon xo‘jaligi departamenti mutaxassislari ko‘lning rangi nima uchun o‘zgarganini bilish uchun undan suv namunasi olishgan. Natijalar esa bir oydan keyingina ma'lum bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024